Xavfsiz mahalla yurt istiqboli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2025 yil 8 iyul kuni Ichki ishlar vaziri va Bosh prokurorning taqdimoti hamda 2025 yil 9 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan Yo‘l xarita asosida, IIV Akademiyasining professor o‘qituvchilari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan jami 5 ta Haliqlar doslig‘i, Jeke terek, Gone qala, Jana bazar va G‘arezsizlik MFY hududlari o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida, mazkur mahallalarda kelgusida xavfsiz muhitni yaratish va fuqarolarning tinchligini taʼminlash maqsadida, yo‘l xaritalar ishlab chiqilib, unda kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir qiladigan og‘ir toifadagi shaxslar (bandligi taʼminlanmagan, spirtli ichimlik, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar, qimor va tavakkalchilikka asoslangan va boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar va h.k) ro‘yxatlarini shakllantirib, bu toifadagi shaxslarning ahvolini yaxshilash hamda mahalla hududida sodir bo‘lgan firibgarlik, bezorilik, o‘g‘rilik, oila doirasidagi jinoyatlarining barvaqt oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, ushbu mahalla hududlaridagi “jinoyat o‘choqlari” bo‘lgan joylar ham o‘rganilib, ushbu joylarning kamera nazorati bilan qamrab olinganligi, tashvish tugmalar o‘rnatilganligi, ko‘p qavatli uylarning domofonlar bilan taʼminlanganlik darajasi aniqlanib, kelgusida ushbu yo‘nalishlarda ham kamchiliklarni to‘liq bartaraf qilish, mahallalarda “xavfsiz ko‘cha”, “xavfsiz yo‘lak”larni tashkil etish bo‘yicha ham ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish rejalashtirilgan