MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHIT YARATILADI.
Bugun O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida Nukus shahridagi mahalla raislari ishtirokida namunali o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda mahalla raislariga “mahalla yettiligi” a’zolarining vazifalarini natijali tashkillashtirish, ularning davlat organlari, jamoat tashkilotlari, xalq deputatlari kengashlari bilan hamkorlikda ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mahallalarda havfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan tizimli ishlashni tashkil etish, raqamli mahalla platformasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi fakultet boshlig‘i, polkovnik S.N.Berdikulov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JHX HPB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik X.P.Reymkulovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Seminar davomida mahalla raislari o‘zaro fikr almashib, ma’ruzachi va mas’ul vakillardan o‘zlarini qiziqtirgan muammolar bo‘yicha atroflicha javoblar olishdi.