Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri yoshlar bilan uchrashdi
Uchrashuvni universitetning Yoshlar masalalari
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Saxavaddin Alauatdinov
ochib berdi va olib bordi. Undan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki
ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov so‘zga chiqib bugungi kunda hurmatli
Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan keng ko‘lamli imkoniyatlar ulardan
unumli foydalanish kerakligi bo‘yicha talaba yoshlarga o‘z maslahatlarini berib
o‘tdi. Afsuski shu yaratilgan keng imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanmay turli
qing‘ir ishlarga qo‘l urayotgan talaba yoshlar ham oramizda borligi tanqid
qilindi. So‘nggi vaqtlarda ayrim talaba yoshlar huquqbuzarlik va jinoyatlarga
qo‘l urib jinoyat ko‘chasiga kirib qolgani achinarli holat ekanligi, bunday
holatlarga talaba yoshlar qayta qo‘l urishi bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib
borildi hamda universitet tyutorlariga va mas’ul xodimlarga topshiriqlar
berildi. Uchrashuv yakunida vazir yoshlarni qiynab kelayotgan masalalar va
takliflarini tinglab, ularga har qanday muammolarini hal etishda va amaliy
yordam berishga tayyorligini bildirdi. Talaba yoshlar vazirga o‘z
minnatdorchiligini bildirib, kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Bunday "Vazir va yoshlar" uchrashuvi boshqa oliy o‘quv yurtlarida
davom etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Axborot xizmati