15 Iyul 2025 yil 395

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi masʼullari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ishtirokida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun "Jangovar qurollar, maxsus vositalarning taktik-texnik xususiyatlari, ularni xizmat vaqtida qo‘llash tartibi hamda huquqiy asoslari" bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari Nukus tumani, Xujayli hamda Taxiatosh tumanlari  xodimlari ishtirok etdilar. O‘quv mashg‘uloti davomida AKS-74 avtomati, PM pistoletini to‘liqsiz qisimlarga ajratish va yig‘ish, undan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, maxsus vositalar, elektroshok qurilmasini qo‘llash tartibi hamda huquqiy asoslari yuzasidan muhim eslatma va ko‘rsatmalar berildi. Jarayonida xodimlarning nazariy bilimlari ham baholab borildi. O‘quv mashg‘ulotlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech