IIV JXD YHXX rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganishlar olib bordi
Tashrif davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri ishtirokida Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi shaxsiy tarkibi bilan keng qamrovli yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda xizmat intizomi, kasbiy masʼuliyat, qonunchilikka rioya qilish va fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. IIV JXD YHXX rahbariyati tomonidan barcha xodimlarga o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan, masʼuliyat bilan yondashish zarurligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish, xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yakunda xizmat davomida o‘zini namunali faoliyati, yuqori kasbiy mahorati va fidoyiligi bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar IIV JXD YHXX rahbariyati tomonidan taqdirlandi.