30 May 2025 yil 586

1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida davolanayotgan bolalarni bayram bilan tabriklab, sovg‘alar topshirildi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni dunyo bolalari uchun eng pokiza va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola - bu dunyo, bola - bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z kulgisi orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi. Ko‘zlarida mehr va muhabbat jo‘sh urib turgan bolalar ochiq osmonda erkin parvoz qilayotgan qaldirg‘ochga o‘xshaydi. Ana shu bayram munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida davolanayotgan bolalarni bayram bilan tabriklab, ularga sovg‘alar topshirildi hamda tezroq sog‘ayib ketishiga tilak bildirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech