Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida “Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvardagi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublika hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbeksiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 255-sonli hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishlari qabul qilindi. Yuqoridagilarni inobatga olib, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi joriy yilning 15-iyulidan 15-avgust kuniga qadar o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida IIV va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida Nukus shahrida tungi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga xizmatda foydalaniladigan kerakli tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda tungi xizmatni o‘tash uchun belgilangan manzillar tomon jo‘nab ketishdi. “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.