Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida kiberxavfsizlik, internetdagi firibgarlik yo‘li bilan plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha soha vakillari bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida kiberxavfsizlik, internetdagi firibgarlik yo‘li bilan plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha soha vakillari bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov olib bordi. Prezidentimizning 2021 yil 29 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda 2022 yil 3 fevraldagi "Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan. Mazkur Farmon va Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Vazirlar Kengashining tegishli qaror va farmoyishlari qabul qilinib, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarga Internet tarmog‘ida sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurori Erkaboy Tadjiyev, Ichki ishlar vaziri Baxtiyar Torebekov va kun tartibidagi masalaga aloqador vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek Nukus shahri va tumanlar studiyalaridan sektor rahbarlari, tegishli idora, tashkilotlar rahbarlari va mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Baxtiyar Torebekov va vazirlikning Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i tomonidan internet tarmog‘ida sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklarning erta oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Jumladan, aholi orasida, vazirlik, tashkilot va korxonalarda, taʼlim muassasalarida, mahallalarda uchrashuvlar o‘tkazib, eʼtiborni internetdagi soxta havolalar va ilovalarga qaratish, jinoyat qurboni bo‘lmaslik yo‘llari bo‘yicha yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, ishtirokchilarga shaxsiy maʼlumotlarni internet tarmog‘ida notanish shaxslarga berish oqibatida yuzaga kelayotgan va boshqa jinoyatlarning og‘ir oqibatlaridan xabardor qilishga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinayotgan xabarlarni aholining barcha qatlamiga yetkazish borasidagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirishlar