Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Taxiatosh tumanining kriminogen vaziyati og‘ir hamda “qizil” toifaga tushgan «Taxiatosh» mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi «2025 yilda Respublika
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini
olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlari
o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Taxiatosh tumani Ichki
ishlar bo‘limining ish faoliyati o‘rganilib, joriy yilning 1-choragi davomida
amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Hamda, Taxiatosh tumani Ichki ishlar
bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va
Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki
ishlar vazirligining 11.03.2025 yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli
taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganilib, tegishli
ko‘rsatmalar berildi.