18 Апрел 2025 jıl 943

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Taxiatosh tumanining kriminogen vaziyati og‘ir hamda “qizil” toifaga tushgan «Taxiatosh» mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi «2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limining ish faoliyati o‘rganilib, joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Hamda, Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025 yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech