10 Mart 2021 yil 1119

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Nukus shahridagi «Las vegas» restoranida sodir bo‘lgan holat yuzasidan maʼlumot.  

Joriy yilning 09 mart kuni soat 23:30 larda Nukus shahridagi «Las vegas» restoraniga kelgan  Nukus shahrida yashovchi fuqarolar, A.A., A.S. hamda Q.G. lar va shu restoranda xodim I.Q  o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Sodir bo‘lgan janjal natijasida  restoran xodimi I.Q  tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech