Sho‘manay tumani ichki ishlar bo‘limida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Sho‘manay tumani ichki ishlar bo‘limida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil
etildi. Ushbu uchrashuvda ichki ishlar organlarida xizmat
qilgan faxriylar, hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan xodimlar va bo‘lajak yosh
mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbirning
asosiy maqsadi — yosh avlodni vatanparvarlik, xizmatga sadoqat va xalqqa xizmat
qilish ruhida tarbiyalash, tajribali faxriylarning hayot yo‘lidan o‘rnak
olishga da’vat etishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda
faxriylar o‘z xizmat faoliyati davomida orttirgan tajribalari, yodda qolarli
voqealar va hayotiy maslahatlari bilan o‘rtoqlashdilar. Yosh xodimlar esa
o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xizmatdagi muhim jihatlar haqida
batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir ochiq
va samimiy muhitda o‘tib, avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik, tajriba almashinuvi
va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.