13 Avgust 2025 yil 109

"Xavfsiz va sog‘lom el" tezkor profilaktik tadbirining 2-bosqichi doirasida "Tong" tezkor tadbiri o‘tkazildi

2025 yilning 5 avgust kuni Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati Mo‘ynoq tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda "Xavfsiz va sog‘lom el" tezkor profilaktik tadbirining 2-bosqichi doirasida "Tong" tezkor tadbiri o‘tkazildi. Unda gumonlanuvchi hisoblangan tuman hududida yashovchi 3 nafar shaxsning xo‘jaligi ko‘zdan kechirildi. Mo‘ynoq tumani hududida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan shaxsning uyidan 1 dona 16 kalibrli, 2 stvolli ov qurollari, 4 dona 16 kalibrli jangovar patronlari, 45 dona 16 kalibrli gilzalar va 120 gramm "Sunar" poroxini noqonuniy ravishda yashirincha olib kelinayotganligi aniqlandi. Ushbu ashyolar xolis guvohlar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Shuningdek, 1974-yilda tug‘ilgan Mo‘ynoq tumanida yashovchi shaxsning uyi ko‘zdan kechirilganda uning xonadonidan 50 gr Sunar porox, 100 gr pitra, 15 dona kortej, 22 dona 16 kalibrli gilza, 1 dona patron o‘qlovchi uskuna qonunga xilof ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlanib, bu buyumlar tegishli tartibda xolis guvohlar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Tezkor tadbir davomida Mo‘ynoq tumanida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan fuqaroning uyida ham qurol o‘qlari, Sunar porox va patron o‘qlovchi uskuna, shuningdek 5 dona nashri noma’lum bo‘lgan diniy mazmundagi kitoblar va 440 litr solyarka yoqilg‘isi qonunga xilof ravishda saqlanib kelayotganligi aniqlandi. Ushbu ashyolar xolis guvohlar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha Mo‘ynoq Ichki ishlar bo‘limi Tergov guruhi tomonidan O‘zR JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Text to speech