12 Aprel 2025 yil 1044

"Mahallada bir kun" - xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan loyiha

Mo‘ynoq tumani "Tik o‘zak" mahallasida "Mahallada bir kun" loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihada Mo‘ynoq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i B.Jamalova, deputat K.Nasirova, Mo‘ynoq tumani IIB YHX HPB XQMB katta inspektori leytenant U.Uzakbergenova, tumandagi korxona va muassasalar xodimlari hamda mahallaning faol ayollari ishtirok etmoqda. Ushbu tashabbus mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va faolligini yanada oshirish, ular duch kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va yechim topish maqsadida tashkil etildi. Ayollar - mahallaning tayanch ustuni. Ular oilani mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamoat ishlarida faol ishtirok etish orqali jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shmoqda.

Text to speech