26 Sentyabr 2025 yil
366
Mamlakatimiz bo‘ylab yangi bosqichdagi "Mardlik sinfi" o‘quvchilari uchun tantanali va’da berish marosimlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Kegeyli tumanida ham bu tadbir katta ko‘tarinkilik bilan, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida, tumandagi e’tiborga loyiq joyda o‘tkazildi. Tumandagi 5-umumta’lim maktabida tashkil etilgan "Mardlik sinfi" faoliyati yosh avlodga harbiy-vatanparvarlik ruhini singdirishda muhim qadamlardan biri bo‘lmoqda. Hozirda ushbu sinfda 26 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ular bugungi o‘tkazilgan marosimda tantanali va’da berib, Vatanga sodiq, fidoyi va jasur farzandlar bo‘lishga qasamyod qildi! "Matonat maktablari" - bu nafaqat harbiy bilimlar, balki barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ezgu tashabbus bo‘lmoqda.