Voleybol bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda
jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish hamda Voleybol sportini
rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
o‘tgan yili davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishga oid 2 ta farmon va 3 ta qaror imzolandi. Shu bilan, hurmatli
Prezidentimizning 2024-yil 19-iyul kungi "Voleybol sport turlarini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-274-sonli qarori qabul
qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
tashabbusi bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida voleybol sport turini
rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-leytenant Toshpo‘latov
Aziz Anvarovichning 2025 yil 10 sentyabr kungi 527-sonli buyrug‘iga asosan,
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida sportning
"Voleybol" turi bo‘yicha "O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
vaziri kubogi" musobaqasining 1-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida
o‘tkazilishi belgilangan. Musobaqaning ochilish marosimini Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Eshimbetov ochib berdi
va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi. Musobaqada Andijon, Qashqadaryo,
Xorazm, Samarqand va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarining
terma jamoalari o‘zaro bellashadi.