24 Sentyabr 2025 yil
214
Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston REspublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari M.Т.Raxmatullayev tomonidan tungi vaqtda Kegeyli va Bo‘zatov tumanlarida o‘rganish ishlari olib borildi
Vazir
o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar
faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan
hududlarning barqarorligini taʼminlash, tungi paytda yo‘l transport hodisalarining
oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berdi
Shuningdek,
Kegeyli tumani Xalqobod shaharchasi tibbiyot birlashmasi va Kegeyli tumani
19-sonli maktab binolarining qo‘riqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
ahvoli hamda Bo‘zatov tumani tibbiyot birlashmasi va Bo‘zatov tumani 18-sonli
maktab binolarining qo‘riqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli
o‘rganilib, xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.