Profilaktika inspektorlari xizmatda foydalanish uchun maxsus sumkalar topshirildi.
Joriy yilning 3 oktyabr kuni Nukus shahrida joylashgan Turon o‘yingohida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tuman IIBlarining profilaktika inspektorlariga foydalanish uchun maxsus sumkalar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga, O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik D.Azizov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbariyati qatnashdi.
Tadbirda, bugungi kunda davlatimiz tomonidan ichki ishlar organlariga, ayniqsa profilaktika inspektorlarining xizmat sharoitlarini yaxshilash borasida bir qancha farmon va qarorlar qabul qilinganligini, profilaktika inspektorlarining xizmat hududlaridan uy-joylar qurib berilganligini imtiyozli kreditlar asosida avtotransportlar bilan taʼminlanganligi aytib o‘tildi.
Xodimlar tomonidan yaratilib berilayotgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla faollari bilan hamkorlikda ishni to‘g‘ri yo‘lga quyish lozimligi alohida taʼkidlandi.
Tadbirda, 208 nafar profilaktika inspektorlariga maxsus anjomlar bilan jihozlangan xizmat sumkalari tantanali ravishda topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati