6 Iyun 2020 yil 1356

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan, Mo'ynoq tumani IIBning ish faoliyati o'rganildi

Joriy yilning 05 iyunь kuni vazir o'rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan Mo'ynoq tumani 3-sektorida pandemiya va global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholi bandligi va farovonligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko'rsatish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda ish o'rinlarini ko'paytirish masalalarida amalga oshirilayotgan ishlari o'rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.
Shuningdek, Mo'ynoq tumani faollari bilan birgalikda, joriy yilda jinoyat oshgan mahallada ya'ni “Bo'zatov” OFYda sodir etilgan o'g'irlik va bezorilik jinoyatlari muhokama qilinib, mazkur jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlari o'rganilib, kelgusida jinoyatlarning profilaktikasi bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar belgilandi. Hamda  ushbu uchrashuvda fuqarolarning murojaatlari  ham ko'rib chiqildi.
Vazir o'rinbosari Mo'ynoq tumani IIB rahbariyati bilan birgalikda, Mo'ynoq tumani “Madeli” OFY hududida yashovchi Probatsiya hisobida turuvchi muqaddam sudlangan yordamga muhtoj fuqarolarga hamda “Bo'zatov” OFY hududida yashovchi kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordamlar ko'rsatildi.
Bundan tashqari, shu kuni vazir o'rinbosari M.T.Raxmatullayev, Qo'ng'irot tumani faollari bilan birgalikda, joriy yilning 01 iyunь kuni, tumanning “Qipchoq” OFY hududidagi oilaviy kelishmovchilik sababli kelib chiqqan noxush holat atroflicha muhokama qilinib, kelgusida bu kabi sodir bo'lishi mumkin bo'lgan boshqada huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilinib, keyingi vazifalar belgilandi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech