Nukus tumanida yo‘l harakati xavfsizligiga oid sayyor qabul o‘tkazildi
Nukus tumani yo‘llarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolarning taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida aholi tomonidan maktablar yonida tezlikni cheklovchi belgilarni o‘rnatish, zarur yo‘l belgilarini joylashtirish, mahalliy yo‘llardagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylariga qavariq (baland) piyodalar yo‘laklarini qurish kabi bir qator muhim taklif va murojaatlar bildirildi. Qabulda bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy yechimlar topildi. Muddat talab qiluvchi masalalar esa mas‘ullar nazoratiga olinib, tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.