Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida Ajiniyoz Qo‘siboy ug‘li 200 yoshda mavzusida tadbir tashkil qilindi
“Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy ug‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilari bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Qoshqarbay Matimov ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatida Qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy ug‘li hayoti, asarlarining nafaqat qoraqalpoq adabiyoti, balki o‘zbek, qozoq, turk va boshqa turkiy xalqlar adabiyotida tutgan o‘rni, XIX asrdagi qoraqalpoq adabiyotidagi ahamiyati, bugungi kunda uning asarlari o‘rganilishi va kelajak avlodlarga yetishi mumkin bo‘lgan sirli tarixiy masalalarga bag‘ishlangan maʼruzalar o‘qildi. Ajiniyoz Qo‘siboy ug‘li dunyoga chuqur his-tuyg‘ular bilan kirib, qoraqalpoq xalqining maʼnaviy boyligiga katta hissa qo‘shgan, adabiyotimizni nafaqat ravnaqlantirgan, balki qo‘shni xalqlarga ham tanitgan ulkan to‘lg‘a hisoblanadi.