12 Fevral 2025 yil 1198

Nukus tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida, sektor rahbarlari, mahalla yettiligi aʼzolari va fuqarolar ishtirokida, tuman hududida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi

Nukus tumani markazidagi Maʼnaviyat saroyida  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Nukus tumani hududida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi. Unda Nukus tumani sektor rahbarlari, mahalla yettiligi aʼzolari shuningdek tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolari qatnashdi. Muhokama yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri so‘zga chiqib respublika hududida shuningdek Nukus tumanida yuz berayotgan og‘ir oqibatli jinoyatlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berilib, ularning kelib chiqish sabablariga to‘xtalib o‘tdi. Og‘ir oqibatli jinoyatlarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligi hamda fuqarolarimizning befarq bo‘lmasligini, mahallalarning jinoyatdan holi hududga aylantirishda ularning ko‘magi katta ekanini alohida taʼkidlandi. Shuningdek, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech