5 Sentyabr 2025 yil 153

OCHIQ SAYYOR SUD – YOSHLAR UCHUN OGOHLIK SABOG’I

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining tashabbusi bilan ochiq sayyor sud bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu sudning tergov sudyasi R. Nazarov raisligida institut talabalarining huquqbuzarlik holatlari ko‘rib chiqildi.

 Xususan, ikki nafar talaba tomonidan telefon orqali noqonuniy diniy materiallarni ko‘rish va tarqatish holati aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184-2-moddasi asosida ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.

 Tadbir davomida boshqa ma’muriy huquqbuzarlik va jinoiy ishlar ham ko‘rib chiqilib, sud ochiq tarzda o‘tkazildi. Ushbu sud jarayoni yoshlarni huquqbuzarlikdan ogoh etish, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va axborot xavfsizligiga e’tiborni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

 

 

Text to speech