Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev, Ichki ishlar vaziri B.Torebekovlar tomonidan Xo‘jayli tumanida Prezidentning 03.01.2025 yildagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori va ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etish borasidagi 04.04.2025 yildagi idoralararo Qo‘shma qarorda belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilishda qaror ijrosiga masʼul
bo‘lgan vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari hamda Xo‘jayli tumanidagi
shtab va ishchi guruh aʼzolari, mahalla yettiliklarining Qarori bilan
tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lar ijrosi, Qo‘shma qaror bilan xar bir vazirlik va
idoralarda va ularning quyi tarmoqlari tashkil etilgan tahlil guruhi, targ‘ibot
va o‘rganishlarni amalga oshiruvchi guruhlarni faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilganligi bo‘yicha respublika va tuman masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Shundan so‘ng, kriminogen vaziyatidan kelib chiqib, “Qizil” toifaga kirgan “Madaniyat” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligining sohaga oid hamkorlikdagi faoliyati, hududda sodir etilgan jinoyatlarni sabablarini o‘rganish bo‘yicha qilingan ishlar o‘rganildi, tuman Ichki ishlar bo‘limi Navbatchi qism “E-material” elektron tizimiga kunlik ariza, xabar va hodisalarni ro‘yxatga olinishi bilan tanishildi.