9 Aprel 2021 yil 1111

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning O'zbekiston Respublikasi IIV «Temurbeklar» harbiy akademik litseyi o'quvchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat gerbi qabul qilinganligi kuni hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanovning O'zbekiston Respublikasi IIV «Temurbeklar» harbiy akademik litseyi o'quvchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida vazir polkovnik A.J.Temirxanov Konstitutsiyamizning hayotimizdagi tutgan o'rinni haqida hamda davlat gerbining yaratilish tarixi haqida aytib, Konstitutsiyamizning 50-moddasida. O'zbekiston Respublikasini va Qoraqalpog'iston Respublikasini himoya qilish – Qoraqalpog'iston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. deb belgilanganligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, uchrashuv davomida biz buyuk bobolarning avlodlari ekanligimizni bu bilan faqat faxrlanib quymasdan ularga munosib bo'lishimiz lozimligi aytib o'tildi. Dunyo tan olgan tarixiy shaxs buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning davlat boshqaruvidagi kuch qudrati bilan gina emas, ilm, ma'rifat, adabiyot madaniyat jamiyatning barcha sohalarida yaratuvchanligida ekanligi ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida vazir Respublikamizning viloyatlaridan kelib o'qiyotgan yoshlar bilan suhbatlashib o'quvchi yoshlar tomonidan berilgan berilgan savol va takliflari eshitilib ularga to'liq javoblar berdi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech