Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
Davlatimiz
rahbari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish
bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torabekov
shaxsiy qabul o‘tkazdi. Qabulda aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni samarali
hal etish, aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish va aniqlangan muammolarni
bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir doirasida
fuqarolardan ichki ishlar organlariga bog‘liq va turli masalalardagi jami 28 ta
murojaat qabul qilinib, har tomonlama o‘rganildi. Bildirilgan
murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa,
ayrimlariga huquqiy tavsiyalar berildi. Ko‘rib chiqilishi uchun vaqt talab
etganligi murojaatlarni o‘rganish masalasi qat’iy nazoratga olindi.