3 Sentyabr 2025 yil 218

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri ishtirokida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” hamda Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar, o‘quvchilar, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov ochib berib, yig‘ilganlarni “Mustaqillikning 34 yilligi” hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan tabriklab, o‘quvchi yoshlarga kelgusi o‘qishlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng litsey majlislar zalida o‘quvchi yoshlarga 2025-2026 yangi o‘quv yilida “Mustaqillik darsi” “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! shiori ostida o‘tkazildi. Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyiga o‘qishga qabul qilingan ota-onalar litseyda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi

Text to speech