O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiya Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti rahbari bilan uchrashuv.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi majlislar zalida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvga IIV Akademiyasi Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьtetini bitirib, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan va hozirda mazkur fakulьtetda o'qiyotgan Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlarida amaliyot o'tayotgan xodimlar va 2020 yilda o'qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar ishtirok etishdi.
Tadbirda IIV Akademiyasi Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti boshlig'i polkovnik M.Z.Ziyodullayev va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.B.Axmedovlar so'zga chiqib, Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti tinglovchilarni kasbiy va jangovar tayyorgarligini, huquqiy bilim saviyasini oshirish, rahbarlik qobiliyatlarini shakllantirish borasida ancha ijobiy ishlar amalga oshirilganligini, o'z navbatda Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV rahbariyati Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьteti bitiruvchilarini kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlashga alohida e'tibor qaratib kelayotganligi, bu esa yildan yilga Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьtetiga kirish uchun murojaat qilayotgan xodimlarning sonining ko'payishiga olib kelayotganligini alohida ta'kidlab o'tishdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati