30 Mart 2025 yil
350
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘ziga biriktirilgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba yoshlarining murojaatlarini qabul qilib, muammolarini o‘rgandi
Oliy taʼlim
tashkilotlari talabalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlarni
maʼnaviy-axloqiy fazilatlariga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ommaviy
madaniyat, yot va buzg‘unchi g‘oyalar taʼsiridan saqlash, ular o‘rtasida radikallashuv,
boshqa salbiy holatlar hamda huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish,
borasida Joriy yilning 29 mart kuni Qoraqalpog‘iston respublikasi ichki ishlar
vaziri o‘ziga biriktirilgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba
yoshlarining murojaatlarini qabul qilib, muammolarini urgandi. O‘rganishlar
davomida talaba yoshlar Ichki ishlar vaziriga kontrakt pullarini tulashda,
ishga joylashtirish hamda shaxsiy masalalari yuzasidan murojaatlarini yo‘lladi.
Ayrim murojaatlar joyida hal qilindi vaqt talab qilinadigan murojaatlar bo‘yicha
o‘z shaxsiy nazoratiga oldilar. Shuningdek talaba yoshlar jinoyatchilik va
huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lishlar to‘g‘risida targ‘ibot tashviqot ishlarida
olib borildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati