Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov Ichki ishlar organlarida xizmat vaqtida halok bo'lgan xodimlarning oilalaridan xabar olib, ularning farzandlarini xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabrikladi.
Mustaqil mamlakatimizda bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda. Ayniqsa, «Mehribonlik uyi», maxsus maktab internatlarining tarbiyalanuvchilarini boquvchisini yo'qotgan bolalarni va xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo'lgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibi ularning hol ahvollaridan tez-tez xabar olib, har bir bayram sanalarida sovg'alar ulashib kelmoqda.
1-iyunь butun dunyo bolalarining eng quvonchli bayramlaridan biri sanaladi. Bu yilgi bayram koronavirus pandemiyasi davriga to'g'ri kelmoqda. Shunday bo'lsa ham vazirlik tomonidan karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda, bolalarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida bir qator tadbirlar o'tkazilmoqda.
Bayram munosabati bilan bolalarga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov tomonidan xizmat vaqtida halok bo'lgan xodimlarning bolalariga sport anjomlari bilan yumshoq o'yinchoqlarini topshirildi. Bu esa bolalarda alohida quvonch uyg'otdi.
O'z navbatida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo'lgan xodimlarning oila a'zolari e'tibor va g'amxo'rliklar uchun vazirlik rahbariyatiga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.