Xizmat vazifasiga sodiq profilaktika inspektori vazirlik rahbariyati tomonidan mukofotlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli IIB profilaktika inspektori A.Dao‘letbayevga Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Q sodir etgan huquqbuzarligi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni bosti-bosti qilish evaziga 1500000 (bir million besh yuz ming) so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Holat yuzasidan profilaktika katta inspektori A.Dao‘letbayev vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Mazkur bildirgiga asos, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, profilaktika inspektori A.Dao‘letbayevning xizmat xonasida fuqaro N.Q pora sifatida taklif qilgan 1500000 so‘m pullarning 400 ming so‘m pullarni pora tariqasida, profilaktika katta inspektori A.Dao‘letbayevga berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 15-fevral kuni, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha, o‘ziga yuklatilgan vazifalarini sidqidildan bajarib, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda fidokorona xizmat qilib, ichki ishlar organi xodimi degan yuksak nomga loyiq harakat qilganligi uchun profilaktika inspektori A.Dao‘letbayevga pul mukofoti o‘ning onasiga vazirlikning tashakkurnomasi sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.