9 Sentyabr 2020 yil
1241
Navbatdagi sayyor qabul Bo'zatov tumanida bo'lib o'tdi.
Bo'zatov tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan Respublikaning 4 sektor mas'ullari ishtirokida karantin qoidalariga amal qilgan holda sayyor qabullar bo'lib o'tdi.
Sayyor qabulda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.Axmedov va vazirning maslahatchisi iste'fodagi polkovnik O.Turdaqovlar ishtirok etib fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o'rganib ularni hal qilish choralari ko'rildi.
Xususan, tumanning Ko'ksu qishloq fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi 1960 yilda tug'ilgan fuqaro, Ramuza Razbekovaning uy qurilishida yordam berishini so'rab qilgan murojaati, bo'yicha tumanning 3 sektor boshlig'i tomonidan amaliy yordam beriladigan bo'ldi, shuningdek, shu hududda istiqomat qiluvchi, Baxыtbay Mambetbayev ishsizlik bo'yicha qilgan murojaati ijobiy hal qilinib, hududdagi qishloq vrachlik punktiga ishga joylashadigan bo'ldi.
Bundan tashqari, tumanda kam ta'minlangan ikki fuqaroga fuqarolik pasportlari olishlarida amaliy yordam berilib ularga fuqarolik pasportlari topshirildi.
Sayyor qabul doirasida, tuman yoshlariga sport anjomlari va badiiy kitoblar topshirildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.