5 Noyabr 2025 yil 108

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ishtirokida joriy yilning 9 oyi davomida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sarxisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qorakalpog‘iston respublikasi hududidagi jinoyatchilik holati, uning oldini olish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama etildi.Yig‘ilish yakunida sohada faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ma’sul raxbarlarga topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, xizmat vazifasini vijdonan bajarib, o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan ichki ishlar organlari xodimlari rag‘batlantirildi.
Qorakalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech