13 Avgust 2025 yil 97

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 5-11 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalarining jangovar tayyorgarlik darajasi, jangovar shayligi, navbatchilik qism hujjatlari bo‘yicha olib borilgan o‘rganish ishlari natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximovga berdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining topshirig‘i hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining joriy yilning 4 avgust kunidagi tegishli farmoyishiga asosan tuzilgan ishchi guruh tomonidan joriy yilning 5-11 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarida jangovar shaylik, maʼmuriy binoni qo‘riqlash va mudofaasi, qurol va maxsus vositalarni saqlanishi, yig‘ma otryadlar harakatlari, jangovar va kasbiy tayyorgarligi o‘rganilganligini hamda amaliy yordam ko‘rsatilganligini aytib o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi. 

Text to speech