25 Sentyabr 2025 yil 414

Beruniy tumanida Jasorat maktabi o‘quvchilarining “Qasamyod qilish” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Hurmatli Prezidentimizning ta'lim tizimidagi islohotlari sabab 208 ta tuman va shaharlarda “Jasorat maktablari” tashkil etilib, ushbu sinflarda tahsil olayotgan o'quvchilarning qasamyodi kuni har birimizning qalbimizda o'zgacha g'urur va shijoat uyg'otdi. Bu kun albatta bilimga chanqoq yoshlarning yuragida ona Vatanga sadoqat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadiryatlarga hurmat, tinchlik va totuvlikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash zarurligini yanada mustahkamlashi bilan ahamiyatli bo'ldi.

 Ushbu maktablar yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik bo'yicha chuqur bilim va amaliy ko'nikmalar bilan ta'minlashga yo'naltirilgan. Maxsus dastur va fanlar chuqurlashtirilgan holda o'qitilishi yo'lga qo'yilgan. Beruniy tumanida tantanali ravishda bo'lib o'tgan Jasorat maktabi o'quvchilarining “Qasamyod qilish” tadbirida tuman hokimi Ikram Xidirov ishtirok etib, o'quvchilarni tabrikladi. Ularning kelajakda har tamonlama yetuk, komil inson bo'lib, vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan farzandlar bo'lishiga ishonch bildirdi.

 

Text to speech