7 May 2025 yil 2046

Respublika ishchi guruhi tomonidan xalqimizning sud-huquq masalalarida qiynab kelayotgan muammolarini ijobiy hal etish maqsadida Nukus shahrida Xo‘jayli, Nukus, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahri fuqarolarining murojaatlari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi.

Joriy yilning 6-10-may kunlari respublika Ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning murojaatlari va aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish bo‘yicha joylarda sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.

6-may kuni Nukus shahridagi "Mono markaz" binosida Xo‘jayli, Nukus, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahri fuqarolarining sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy hamda qurilish va kommunal sohalar bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi. Unda respublika ishchi guruhi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mahamadali Ismoilov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Baxtiyor To‘rabekovlar fuqarolarning Ichki ishlar organlariga oid murojaatlarini qabul qildi. Qabulda murojaatlarning deyarli ko‘pchiligi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlarga muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim murojaat egalariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

 

Text to speech