28 Noyabr 2020 yil 1711

Salomatlik uchun 5000 qadam

2020 yil 28 noyabrь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 30 oktyabrь kungi  “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 6099-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Salomatlik uchun 5000 qadam” aktsiyasi tashkillashtirilib, aktsiya davomida sportning yurish va velomarafon turlari bo'yicha mashqlar o'tkazildi.
Sport tadbirlariga shaxsiy namuna sifatida shaxsan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar , Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirlari, vazir o'rinbosarlari, milliy gvardiya, sog'liqni saqlash hamda mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar xodimlari oila a'zolari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat safari bilan kelgan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan mas'ul xodim Usarov Farrux Madaminovich ishtirok etib ertalabki badan tarbiya mashqlari bajarildi.
Sport bilan shug'ullanish, Qoraqalpog'istonliklarning kundalik odatiga aylanmoqda.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
Text to speech