15 Aprel 2025 yil 828

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining rahbarligida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan hamda tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi farmoniga asosan, 488 nafar shaxs jazo muddatlaridan ilgari afv etildi. Ular qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi 8 nafar shaxs ham bor. Ushbu shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish uchun bir qator profilaktik ishlar tashkil etilib turibdi. Joriy yilning 15-aprel kuni Vazirlar Kengashining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari R.Nurazizov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekovlar rahbarligida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda afv etilib kelgan fuqarolarning muammolari tinglanib, suhbat davomida aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli mas’ul muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, bir martalik moddiy yordam pullarini olishda hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida kichik biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ijtimoiy yordam paketlarini ajratishda duch kelgan har qanday muammolarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli soha mutaxassislariga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech