9 Aprel 2025 yil 996

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Uchrashuv” bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshlig‘i oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining operativ-xizmat boʻlimi boshligʻi, o‘z bayonotlari bilan ishtirok etdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini boyitish va konstitutsiyaning  asosiy maqsad-vazifalari haqida batafsil tushunchalar berildi. Samimiy va ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbat yoshlarda fuqarolik mas’uliyati, siyosiy jarayonlarga ongli yondashuv va Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. Shuningdek, uchrashuv yakunida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovining g‘oliblari hamda litseyning bir qator na’munali o‘quvchilari taqdirlandi.

Text to speech