Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida maktab bitiruvchilarining so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, o‘quvchilarning yozgi ta’tilda bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish markazlarida xavfsizlik qoidalarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Bayrambay
O‘temuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik
Baxtiyor Torebekov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Azamat Davletov, shuningdek tegishli soha
vakillari ishtirok etdi. Unda asosan maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq
tadbirlarida xavfsizlik qoidalarini ta’minlash, har bir maktabga bu bo‘yicha
tegishli xodimlarni taqsimlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga
tadbirda o‘quvchilarning yozgi ta’tillarini mazmunli o‘tkazish uchun o‘z
faoliyatini olib boradigan bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish markazlarida
xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha ham tegishli
mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, belgilanmagan, taqiqlangan
joylarda cho‘milish holatlarining oldini olish, bu borada targ‘ibot va
profilaktik reyd tadbirlarini muntazam o‘tkazish masalalariga ham e’tibor
qaratildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli
mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.