25 Mart 2025 yil 786

Taxiatosh tumanida sodir etilgan og‘ir oqibatli jinoyatlarning kelib chiqish sabablari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan muhokama qilinib, kelgusida mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan Taxiatosh tumani hokimligi majlislar zalida tuman hududida sodir etilgan og‘ir oqibatli jinoyatning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday holatlarning yuz berishining oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman muassasa-tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. Dastlab tuman hududida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha tuman prokurori tomonidan ma’lumot berib o‘tildi. Ushbu sodir etilgan jinoyatning kelib chiqishida mahalla yettiligi o‘z xizmat vazifalarini to‘liq bajarmaganligi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmay beparvolikka berilganligi sabab bo‘lganligi tanqid qilindi. Undan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri so‘zga chiqib, Hurmatli Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan qarorlarni va ijtimoiy profilaktikani mahalla yettiligi tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirib borilsa yuz berishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning o‘z vaqtida oldi olinishini ta’kidladi. Yig‘ilish yakunida mahallalarda oldini olinadigan jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi yuzasidan tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot xizmati

Text to speech