10 Aprel 2025 yil 956

Taxtako‘pirda "Ichki ishlar kubogi"ga start berildi!

Taxtako‘pir tumanida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish hamda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida navbatdagi muhim tadbirga start berildi.  Sportning "Voleybol" turi bo‘yicha "Ichki ishlar kubogi"ning mahalla bosqichi boshlandi. Ayni paytda mahallalardagi 16-21 va 22-30 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu sport tadbirlari nafaqat yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni, balki do‘stlik, jamoaviy va ma’naviy hamjihatlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Text to speech