5 Sentyabr 2020 yil 3060

Internet tarmoqlarida tarqalgan holat yuzasidan ma'lumot.

Joriy yilining 2 sentyabrь kuni soat 16:30larda Nukus shahrida yashovchi fuqaro S.M o'zining ukasiga tegishli bo'lgan avtotransport vositasini boshqarib kelayotganida , Nukus shahri, Beruniy ko'chasidagi piyodalar o'tish yo'lida o'tib borayotgan, Nukus shahrida yashovchi 1962 yilda tug'ilgan fuqaro J.Gni urib yo'l transport hodisasi sodir qilgan. Avtotransport boshqarayotgan fuqaro J.Gga birinchi yordam ko'rsatishning choralarini ko'rmasdan hodisa  joyidan yashirinishga uringan. Ushbu holat bo'yicha tezlik bilan olib borilgan ishlar natijasida avtotransport boshqaruvchisi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo'lga olingan.
Yo'l transport hodisasi natijasida fuqaro J.G tana jarohatini olib shifoxonaga joylashtirilgan.
Ushbu holat bo'yicha Nukus shahar IIO FMB qoshidagi tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi             1-bo'limi  va 117-moddasi 1-bo'limi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib tergov harakati olib borilmoqda.
Koraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech