12 Sentyabr 2025 yil
348
Bo‘zatov tumanida "Xavfsiz kibermakon" tezkor-profilaktik targ‘ibot oyligi doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar haqida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Bo‘zatov tumani hokimi B.Ubbiniyazov, tuman prokurori N.Saparov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i U.Kurbanbaeva va tegishli soha vakillari, shuningdek, mahalla yettiligi ishtirok etdi. Bunda asosan, "Xavfsiz kibermakon" tezkor-profilaktik targ‘ibot oyligi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan firibgarlik, ya’ni kiber jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga keng tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng, mahalla yettiligiga hududlarda fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab berildi.