8 Yanvar 2021 yil 1142

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi

Joriy yilning 7-8 yanvarь kunlari O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida «14 yanvarь Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o'rtasi sportning voleybol turi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyatining kubogi uchun musobaqa bo'lib o'tdi. Musobaqaga jami 12 jamoa ishtirok etdi. Ikki kun davomida qizg'in bellashuvlarga boy bo'lib o'tgan musobaqa yakunida, birinchi o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV terma jamoasi, ikkinchi o'rinni, Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, uchinchi o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Patrulь-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi jamoasi  egalladi.
G'oliblarni taqdirlash tadbiriga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.Axmedov, ichki ishlar vazirining maslahatchisi iste'fodagi polkovnik O.Turdaqov va Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, sportchilarni 14-yanvarь Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tabrikladi va g'oliblarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan kubok, medalь, va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech