6 Sentyabr 2025 yil 76

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Beruniy tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Joriy yilning 6 sentyabr kuni vazirlikning Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Farhod O‘rinboyevning huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlari Beruniy tumani misolida o‘rganildi. Dastlab Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha hisobotlari tinglanib, qizil toifaga kirgan mahallalarda ishlarni kuchaytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng mahalla yettiligi, profilaktika inspektorining ish hujjatlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi. Shuningdek, tuman hududidagi maktablarda o‘quvchilarning darslarga qatnashishi voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning erta oldini olish yo‘nalishida inspektor psixologlarning ishlari o‘rganildi. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar respublika bo‘ylab davom etadi.

Text to speech