Kiberjinoyatlarning oldini olish mavzusida seminar tashkil etildi.
️Qorao‘zak tumani hokimligida, tuman hokimi Anvar Baymuratov, prokuratura va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining kiberxavfsizlik boshqarmasi xodimlari ishtirokida, o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlari xodimlari uchun seminar o‘tkazildi. Unda so‘nggi yillarda, kiberjinoyatchilik va zamonaviy kiberxavf-xatarlar, internet tarmoqlari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar soni ortib borayotgani, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, fuqarolarni kiberjinoyatlarning xatti-harakatlaridan xabardor qilish, shuningdek, bank plastik kartasi mablag‘larini talon-toroj qilish, shaxsiy ma’lumotlarni egallash bilan bog‘liq har bir holat bo‘yicha tegishli soha xodimlari tushuntirish berib o‘tdi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Seminar ishiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining qo‘mita raisi Sh. O‘temisov qatnashdi.