27 Oktyabr 2025 yil 454

25 oktyabr - Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan Nukus tumanida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida soha faxriylari va Ichki ishlar xodimlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi Z.Zaytov Ichki ishlar sohasi fidoyilarini bayram bilan tabriklab, ularning jamoat tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdagi xizmatlarini yuqori baholadi. Tadbir davomida bir qator soha vakillari tuman hokimligi va tuman prokuraturasi nomidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, faxriy xodimlarga ham alohida ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech