Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Chimboy va Qorao‘zak tumani ichki ishlar bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi
O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublkasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025-yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tekshirildi. Bundan tashqari, ichki ishlar bo‘limi xodimlarining yashash sharoitlari va oilaviy ahvoli o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi «Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida»gi PQ-330-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qorao‘zak tumani «Madeniyat» OFYga biriktirilgan «Mahalla yettiligi» a’zolari bilan birgalikda mahalladagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularning ijtimoiy muammolarni o‘rganildi. Mahalla mas’ullariga kam ta’minlangan oilalarni o‘zini-o‘zi band qilishi va tadbirkorlikni yo‘lga quyishiga hamda tomorqa yerlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        