Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Xo‘jayli tumanining kriminogen vaziyati og‘ir hamda «qizil» toifaga tushgan «Tinchlik» mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi «2025-yilda Respublika
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini
olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlari
o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek,
kriminogen vaziyati murakkab yoki og‘ir mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt
oldini olish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘ygan va mahalladagi kriminogen
vaziyatni barqarorlashtirishga erishgan hamda o‘z xizmat burchini mas’uliyat
bilan sidqidildan, halol bajargan, ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga
o‘rnak bo‘lgan bir guruh xodimlar Vazirlikning faxriy yorliqlari va esdalik
sovg‘alari bilan tag‘dirlandi.